UZ24.uz (@uz24uz) header
UZ24.uz (@uz24uz) profile picture

O‘zbekiston hayotiga doir eng so‘nggi xabarlar, yangiliklar va eksklyuziv reportajlar. Rus tilida @uz24ru

Тошкент
Joined May 2013
Photo by UZ24.uz (@uz24uz)Photo by UZ24.uz (@uz24uz)Photo by UZ24.uz (@uz24uz)Photo by UZ24.uz (@uz24uz)Photo by UZ24.uz (@uz24uz)Photo by UZ24.uz (@uz24uz)Photo by UZ24.uz (@uz24uz)Photo by UZ24.uz (@uz24uz)Photo by UZ24.uz (@uz24uz)Photo by UZ24.uz (@uz24uz)
Toshkentda 9 yoshli bola ko‘p qavatli uy tomidan qulab tushdi Yashnobod tumanida 9 yoshli bola ko‘p qavatli uy tomidan yiqilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani aytilmoqda. Shuningdek, Yunusobod tumanidagi 15-mavzeda ikki nafar o‘smir qizning uy tomida yurgani aks etgan video tarqaldi. Har ikki holat yuzasidan hozircha rasmiy izoh berilmagan.
29
Kimo‘zarga o‘ynagan Damas ag‘darilib ketdi
2
200
Toshkent elektron hukumat xizmatlari bo‘yicha dunyoning 37-eng yaxshi shahri deb topildi Toshkent elektron hukumat va onlayn xizmatlar rivoji bo‘yicha xalqaro reytingda sezilarli natija qayd etdi. Poytaxt ikki yil ichida 58 pog‘ona yuqorilab, dunyoning 194 ta shahri orasida 37-o‘rinni egalladi. Batafsil: uz24.uz/uz/articles/toshkent…
24
Jensen Xuang Nvidia rahbarligiga qayta tiklandi Nvidia direktorlar kengashi 23-noyabr kuni Jensen Xuangni kompaniya bosh direktori lavozimiga qaytarish to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qildi. U 11 kunlik tanaffusdan so‘ng rahbarlikka qaytdi.
Jensen Xuang iste’fodan so‘ng Nvidia’ga qaytishga tayyorligini bildirdi U kompaniya aksiyadorlari va direktorlar kengashi ma’qullagan taqdirda rahbarlik lavozimini qayta egallashi mumkinligini aytdi. Batafsil: uz24.uz/uz/articles/jensen-x…
1
17
COP31 sammiti kelishuvsiz yakunlandi Antaliyada ikki hafta davom etgan COP31 iqlim sammitida davlatlar yagona kelishuvga erisha olmadi. Qazilma yoqilg‘ilardan voz kechish va iqlim uchun moliyaviy yordam masalalari asosiy bahs mavzusi bo‘ldi. Batafsil: uz24.uz/uz/articles/cop31-na…
1
22
“Yonadigan zebra” endi Toshkentda Toshkentda piyodalar o‘tish joyining yangi turi sinovdan o‘tkazilmoqda. U bo‘yoq bilan emas, yorug‘lik proyeksiyasi orqali yo‘lga tushiriladi.
2
62
Faqat elektr quvvatida 500 km yuradigan gibrid O‘zbekistonda
3
95
GTA VI’ni O‘zbekistonda qanday sotib olish mumkin? GTA VI O‘zbekistonda ham strimerlar tomonidan o‘ynab ko‘rildi, biroq o‘yinni oddiy foydalanuvchi uchun xarid qilish hali ham oson emas. PlayStation Store’dagi hududiy cheklovlar sabab geymerlar xorijiy akkauntlar, maxsus to‘lov usullari va vositachilar xizmatiga murojaat qilishga majbur. Xo‘sh, GTA VI’ni O‘zbekistonda qanday sotib olish mumkin va buning uchun qancha pul sarflash kerak? Batafsil: uz24.uz/uz/articles/gta-vini…
54
Jensen Xuang iste’fodan so‘ng Nvidia’ga qaytishga tayyorligini bildirdi U kompaniya aksiyadorlari va direktorlar kengashi ma’qullagan taqdirda rahbarlik lavozimini qayta egallashi mumkinligini aytdi. Batafsil: uz24.uz/uz/articles/jensen-x…
1
45
⚡ Endi ish haqini istalgan bank kartasi yoki elektron hamyonga olish mumkin Yangi tizim xodimlarga bankni mustaqil tanlash imkonini beradi. Buning uchun karta rekvizitlarini ish beruvchining buxgalteriyasiga taqdim etish kifoya. Hozircha tizim xususiy sektor uchun joriy etilmoqda.
28
Uzcard va Humo kartalari Apple Payda ishlay boshladi 17-noyabrdan Xalq bankining Uzcard va Octobankning Humo kartalarini Apple Walletga ulab, iPhone va Apple Watch orqali kontaktsiz to‘lov qilish mumkin. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda milliy to‘lov tizimlarini Apple Payga integratsiya qilgan birinchi davlat bo‘ldi.
1
45
O‘zbekistonda yana 4 ta bank islom bankchiligi litsenziyasini oldi. Markaziy bank qaroriga ko‘ra, “Ipak Yo‘li”, “Asia Alliance Bank”, “Orient Finans Bank” va “Hayot Bank” islom moliyasi tamoyillari asosida faoliyat yuritish huquqiga ega bo‘ldi. Avvalroq, 23-oktabr kuni “Open Bank” ham bunday litsenziyani qo‘lga kiritgan edi.
1
42
Toshkentda ruhiy kasalliklar va narkologik hisobda turuvchilar soni oshdi 2026-yilning 9 oyida 2 665 kishi ruhiy kasalliklar sababli ilk bor dispanser nazoratiga olingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,2 foizga ko‘p. Narkologik hisobda turuvchilar soni esa bir yil ichida 593 nafarga yoki 8,6 foizga oshib, 7 460 nafarga yetgan.
24
🇺🇿 O‘zbekiston turizmni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro reytingda 76-o‘rinni egalladi. Jahon iqtisodiy forumining 2026-yilgi indeksida 110 ta mamlakat baholangan. Reytingda Yaponiya, AQSH va Ispaniya yetakchilik qilmoqda. O‘zbekiston 2024-yilgi natijaga nisbatan ikki pog‘ona yuqorilagan.
22
⚠️ Radarlar faoliyati tekshirilmoqda YHXX respublikaning barcha hududlarida tezlikni o‘lchash radarlарi hamda foto va video qayd etish qurilmalarini tekshirmoqda. Nazorat davomida radarlarning aniqligi, texnik talablarga muvofiqligi va qonuniy ishlatilishi o‘rganiladi. Qoidabuzarliklar aniqlansa, mas’ullarga nisbatan choralar ko‘riladi.
27
O‘zbekistonda oziq-ovqat va yonilg‘i narxlarini hududlar kesimida kuzatish imkonini beruvchi NarxStat platformasi ishga tushirildi. Narx.stat.uz orqali mahsulotlar, yonilg‘i, uy-joy va sanoat narxlarini solishtirish, shuningdek, inflyatsiyani hisoblash mumkin.
25
“5 daqiqalik to‘xtash” 1,7 mln so‘mga tushishi mumkin Endi Toshkentda evakuatsiyaning har bir kilometri 88 ming so‘mgacha, saqlashning bir sutkasi ham 88 ming so‘mgacha bo‘ladi. Bitta avtomobilni olib ketishning umumiy narxi esa 1 million 760 ming so‘mdan oshmasligi kerak. Mashina 6 oy olib ketilmasa, qarzdorlik majburiy undiriladi. 12 oydan keyin esa sud uni sotish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.
31
Shavkat Mirziyoyev dunyoning eng nufuzli 50 nafar musulmoni qatoriga kiritildi. “The Muslim 500” jurnali reytingida O‘zbekiston prezidenti 40-o‘rinni egalladi. Siyosatchilar va davlat rahbarlari orasida esa 18-o‘rindan joy oldi.
31
Namangandagi bog‘chada 5 yoshli qizga tajovuz qilgan pedofilning ishi sudga oshirildi Jinoyat ishi 18-noyabr kuni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Bog‘chada ombor mudiri bo‘lib ishlagan 52 yoshli erkak bilan birga boshqa ayblanuvchilar ham sud qilinadi.
46
O‘zbekistonda Starlink Mobile ishga tushirilishi mumkin Texnologiya oddiy smartfonlar orqali mobil aloqa qamrovi mavjud bo‘lmagan hududlarda ham sun’iy yo‘ldosh bilan bog‘lanish imkonini beradi. Biroq xizmatni O‘zbekistonda joriy etish uchun hozircha ruxsat olinmagan. Batafsil: uz24.uz/uz/articles/ozbekist…
32